badarg'a qilmaysiz", - degan ahdingizni olgan edik. So'ngra o'zlaringiz guvohlik berib, uni e'tirof ham etgan edingiz. 85. So'ngra sizlar yana o'sha, bir-birlaringizni o'ldirayapsiz, bir qismingizni yurtlaridan chiqarib yuborayapsiz, ularga qarshi gunoh va zulm ila hamkorlik qilmoqdasiz. Sizga (ularning dushmanlariga qarashli) asirlar kelsa, tovon bilan qutqarib yubormoqdasiz, vaholanki, ularni chiqarib yuborish sizlarga taqiqlangan edi. Yoki kitob (Tavrot)ning bir qismiga ishonib, bir qismini inkor etasizmi? Sizlardan kim shunday qilsa, uning jazosi shu dunyoda sharmanda bo'lish, qiyomat kunida esa qattiq azobga giriftor qilinishdir. Alloh (bu) qilmishlaringizdan g'ofil emasdir. 86. Ular, haqiqatan, oxirat o'rniga (foniy) dunyo hayotini sotib olgan kimsalardir. Shunday ekan, ularga beriladigan azob-uqubatlar yengillashtirilmaydi va ularga yordam ham berilmaydi. 87. Haqiqatan, Biz Musoga kitob (Tavrot)ni berib, uning ortidan (bir necha) payg'mbarlar yubordik. Iso ibn Maryamga ham hujjatlarni berdik va uni Ruhul-qudus (Jabroil) bilan quvvatladik. Har gal biror payg'mbar sizlarga yoqmaydigan narsa (oyatlar)ni keltirsa, kibr qilib, bir qismini yolg'onchiga chiqarib, bir qismini qatl qilaverasizmi?! 88. "Dillarimiz (Islom uchun) berk", - deydilar. Yo'q, balki kufrlari sababli ularni Alloh la'natlagan. Binobarin, ularning ozchilik qismigina imon keltiradilar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
12
89. Qachonki, ularga Alloh huzuridan o'zlaridagi narsa (Tavrot)ni tasdiq etuvchi Kitob (Qur'on) kelganida, ilgari kofirlarga qarshi (xuddi) shu kitob (vositasi) bilan yordam so'rab yurar edilar - o'zlariga tanish zot (Muhammad) kelganda, (uni inkor etib) kofir bo'ldilar. Kofirlarga Allohning la'nati