5. Darhaqiqat, Biz Musoni (Bani Isroil qavmiga) oyatlarimiz bilan yuborib (unga dedik): "Qavmingni zulmatlar (kufr)dan nur (imon)ga olib chiqqin va ularga Allohning kunlari (ne'matlari)ni eslatgin! Albatta, bunda har bir sabrli va shukr qiluvchi kishi uchun alomatlar bordir". 6. O'shanda Muso qavmiga aytdi: "Allohning sizlarga bergan ne'matini - sizlarni og'ir azoblar bilan qiynayotgan, o'g'illaringizni so'yib, xotinlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn zodagonlaridan qutqarganimizni eslangiz. Ana o'sha (ish)larda Parvardigoringiz tomonidan ulkan sinov bordir". 7. Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu so'zlar)ni eslangiz: "Qasamki, agar (bergan) ne'matlarimga shukr qilsangizlar, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu noshukrchilik qilsangizlar, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir". 8. Muso (yana) dedi: "Agar sizlar (O'zingiz) va Yer yuzidagi barcha kishilar kofir bo'lsalaringiz ham (Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaysizlar). Zero, Alloh (sizlarning shukr qilishingizdan) behojat va hamd egasidir". 9. Sizlarga ilgari o'tgan kishilarning - Nuh, Od, Samud qavmlarining va ulardan keyin o'tgan, faqat Allohgina biladigan qavmlarning xabari kelmadimi? Ularga payg'ambarlari hujjatlari bilan kelganlarida, ular qo'llari bilan (payg'ambarlarning) og'izlarini to'sib, dedilar: "Biz sizlar elchi qilib yuborilgan narsa (din)ga kufr keltirdik. Biz sizlar bizni da'vat qilayotgan narsangiz (diningiz)dan shak(- shubha)dadirmiz". 10. Payg'ambarlari aytdilar: "Osmonlar va Yerning yaratuvchisi - Alloh (borligi va birligi) xususida shak bormi?! U sizlarning gunohlaringizni mag'firat qilish va o'zlaringizni ma'lum muddatgacha (halok qilmay) kechiktirish uchun (imonga) da'vat qilmoqda-ku?!" Ular dedilar: "Sizlar (ham) bizga o'xshagan