Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
159
IBROHIM SURASI
Ibrohim (a. s.)ning Qudsdan Makkaga kelishlari, u yerda qilgan duolari haqida oyatlar bo'lgani uchun suraga
shu nom berilgan. Unda asosan - tavhid, e'tiqod, qiyomat, jannat, do'zax, hisobot, payg'ambarlarning
yuborilishidan ko'zlangan maqsad va boshqa muhim ma'lumotlar mavjud.
Mehribon va rahmli Alloh nomi ila boshlayman.
1. Alif, Lom, Ro. (Ey, Muhammad! Bu Qur'on) Parvardigorlarining izni bilan odamlarni zulmatlardan
nurga - qudrat va hamd egasining yo'liga - olib chiqishingiz uchun Sizga Biz nozil qilgan Kitobdir.
2. (U yo'l) osmonlar va Yerdagi bor narsa Uniki bo'lgan Allohning (yo'lidir). Qattiq azob dastidan
kofirlar holiga voy!
3. Ular dunyo hayotini oxiratdan afzal biladigan, (odamlarni) Allohning yo'lidan qaytaradigan va uni
qing'ir qilishni istaydigan kimsalardir. Ular (haq yo'ldan) yiroq gumrohlikdadirlar.
4. Biz har bir payg'ambarni (hukmlarimizni) bayon qilib berishi uchun o'z qavmining tili bilan
(so'zlaydigan qilib) yubordik. Bas, Alloh (O'zi) xohlagan kimsani yo'ldan ozdirur va (O'zi) xohlagan
kishini hidoyat qilur. U qudratli va hikmatli zotdir.
Dostları ilə paylaş: