zurriyotlaridan iborat solih (banda)lar bilan birga kirurlar. So'ng ularning huzurlariga har (bir) eshikdan farishtalar kirib (derlar): 24. "(Alloh yo'lida turli mashaqqatlarga) sabr qilib o'tganlaringiz sababli (endi bu yerda) sizlarga tinchlik bo'lgay. Oxirat diyori naqadar yaxshi!" 25. Alloh bilan ahd bog'laganlaridan keyin uni buzadigan, Alloh bog'lanishiga buyurgan narsalarni uzadigan va Yer yuzida buzg'unchilik qilib yuradigan kimsalar ham borki, ular uchun (Allohdan) la'nat bo'lur va ular uchun noxush diyor (jahannam) bordir. 26. Alloh (O'zi) xohlagan kishilarning rizqini keng qilur va (xohlagan kishilarning rizqini) tang qilur. (Mushriklar) mana shu dunyo hayoti bilan shodmon bo'ldilar, holbuki, bu dunyo hayoti oxirat oldida faqat (bir arzimas) matodir. 27. Kufrda bo'lganlar: "Unga (Muhammadga) Parvardigori tomonidan biror oyat (mo''jiza) nozil qilinsa edi", - deydilar. Ayting: "Albatta, Alloh (O'zi) xohlaganlarni adashtirur va (Allohga) qaytgan kishilarni hidoyat qilur". 28. Ular imon keltirgan va qalblari Allohning zikri bilan orom oladigan zotlardir. Ogoh bo'lingizki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur. 29. Imon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun xushnudlik va go'zal oqibat (jannat) bordir. 30. (Ey, Muhammad,) shunday qilib, Sizni (ko'pdan-ko'p) ummatlardan keyin kelgan bir ummatga - ular Mehribon (Alloh)ni inkor qilib turgan hollarida - (Biz) Sizga vahiy qilgan narsalarni tilovat qilib berishingiz uchun payg'ambar qilib yubordik. Ayting: "U mening Rabbimdir. Undan o'zga iloh yo'qdir. Ungagina tavakkul qildim va tavbam Ungaginadir". 31. Bordiyu bir Qur'on bo'lib, uning (kuchi) bilan tog'lar (joyidan) jildirilsa yo uning (kuchi) bilan Yer