www.ziyouz.com кутубхонаси
176
deydilar! Yo'q! Ularning ko'plari (buning hikmatini) bilmaydilar! 102. (Ey, Muhammad! Ularga) uni (ya'ni, Qur'onni) Ruhul-Qudus (Jabroil) Rabbingiz (tarafi)dan imon keltirganlarni (dinda) sobitqadam qilish uchun musulmonlarga hidoyat va bashorat bo'lgan holida barhaq nozil qilganini ayting!. 103. Aniqki, (Biz) ularning: "Unga (Muhammadga Qur'onni) biror odam o'rgatmoqda", - deyayotganlarini bilurmiz. (Lekin) ular ishora qilayotgan kimsaning tili ajamiy (arabiy emas), bu (Qur'on) esa aniq arabiydir. Izoh: Payg'ambarimiz (a. s.) bir ajam, ya'ni arab bo'lmagan kishiga uning tilida Islomdan ta'lim berayotganini ko'rgan mushriklar "Muhammad Qur'onni balki shu odamdan o'rganib, bizga o'qib berayotgandir", - degan tuhmatni qilishganda, Alloh taolo "Sizlar aytayotgan odam ajam bo'lsa, Qur'on tili xolis arabiy bo'lsa, qanday qilib ajam Payg'ambarga bu kabi mo''jiza Qur'ondan ta'lim bera oladi?!" - deb raddiya bildirishmoqda. 104. Albatta, Allohning oyatlariga imon keltirmaydiganlarni Alloh hidoyat qilmas. Ular uchun alamli azob bordir. 105. Yolg'on so'zlarni faqat Alloh oyatlariga imon keltirmaydiganlargina to'qurlar. Aynan o'shalarning o'zlari yolg'onchilardir. 106. Kim Allohga imon keltirganidan keyin (yana qaytib) kofir bo'lsa (holiga voy!) Lekin kimning qalbi imon bilan xotirjam holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, u mustasnodir. Ammo kimki ko'ngilni kufrga ochsa, bas, u (kabi)larga Alloh (tomoni)dan g'azab va ulkan azob bordir! Izoh: Bu oyatlar imon yo'lida zahmat chekkan Ammor ibn G'sir to'g'risida nozil qilingan. Uni Islom dinidan qaytarish maqsadida qattiq qiynaganlar va Hubal ismli butga imon keltirsang qo'yib yuboramiz deganda, jonini saqlab qolish uchun ularning talabini bajargan. So'ng Rasul (a. s.) huzurlariga yig'lab borib: "Endi mening imonim nima bo'ldi?" - deb so'ganida, janob: "Agar dilingni imon bilan mustahkam qilib turib faqat tiling bilangina aytgan bo'lsang zarari yo'q", - deb marhamat qilganlar.