Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə347/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

qanday so'zlashurmiz?!"
 
30. (Shu payt chaqaloq tilga kirib) dedi: "Men Allohning bandasidirman. (U) menga Kitob (Injil) ato etdi 
va meni payg'ambar qildi.
 
31. Yana meni qayerda bo'lsam barakotli qildi va modomiki, hayot ekanman, menga namozni va zakotni 
(ado etishni) buyurdi.
 
32. Shuningdek, (meni) onamga mehribon (qildi) va meni takabburli, badbaxt qilmadi.
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
198
33. Menga tug'ilgan kunimda ham, vafot etadigan kunimda ham, qayta tiriladigan kunimda ham salom 
(omonlik) bo'lur".
 
34. Ular (ya'ni, yahudiy va nasroniylar) shubha qilayotgan Iso ibn Maryam - Haq so'z mana shudir! 
 
35. Allohga hech qanday farzand tutish mumkin emas - U (bunday) nuqsondan pokdir. U biror ishni 
qilishni istasa, faqat unga "Bo'l!" der. Bas, (o'sha ish) bo'lur.
 
36. (Iso aytdi): "Albatta, Alloh Rabbim va Rabbingizdir. Bas, Unga ibodat qilingiz! Mana shu to'g'ri 
yo'ldir".
 
37. So'ngra firqalar (Iso xususida) o'zaro ixtilof qildilar. Bas, ulug' Kun (Qiyomat) manzarasidan kofir 
bo'lganlar holiga voy!
 
38. Ular Bizga keladigan kunda juda (aniq) ko'radigan va eshitadigan bo'lib qolurlar. Lekin (u) zolimlar 
bugun aniq zalolatdadirlar.  
39. (Ey, Muhammad,) ularni (Makka mushriklarini) barcha ish bitirilgan hasrat kuni - (Qiyomat)dan 
qo'rqiting! Ular (bugun) g'aflatdadirlar, (shu sababdan) ular imon keltirmaydilar.
 
40. Albatta, Biz O'zimiz bu Yerni va undagi bor jonzotni meros qilib olurmiz va faqat Bizgagina 
qaytarilurlar.

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   343   344   345   346   347   348   349   350   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin