www.ziyouz.com кутубхонаси
203
19. (Alloh) aytdi: "Uni (yerga) tashlagin, ey, Muso!" 20. Bas, (Muso) uni tashlagan edi, birdaniga u harakatlanuvchi jonli ilon bo'lib qoldi. 21. (Alloh) dedi: "Uni ol! Qo'rqmagin, Biz uni avvalgi holiga qaytarurmiz. 22. Qo'lingni qo'ltig'ingga tiqqin, u hech qanday yomonliksiz oppoq bo'lib chiqur. (Bu) yana bir boshqa mo''jizadir. Izoh: Hech qanday yomonliksiz, ya'ni, qo'lingni nurafshon oqligi uning pes kasaliga chalinganidan emas, balki u sog'lom holda Mening qudratim bilan yog'du sochur. 23. Biz senga katta mo''jizalarimizni ko'rsatish uchun (shunday qildik). 24. (Endi) Fir'avnning huzuriga bor! Haqiqatan, u haddan oshdi ("Xudoman" deb da'vo qildi)". 25. (Muso) dedi: "Ey, Rabbim, bag'rimni keng qilgin, 26. ishimni oson qilgin, 27. tilimdan tugunni (duduqlikni) yechib yuborgin, 28. (toki) ular (qavmim) gapimni anglasinlar. 29. Menga o'z ahlimdan vazir qilgin. 30. Ya'ni, birodarim Horunni. 31. U bilan belimni baquvvat qilgin. 32. Va uni ishimda (ya'ni, payg'ambarlik ishida) sherik qilgin. 33. Toki, Biz Senga ko'proq tasbeh aytaylik 34. va Seni ko'proq yod etaylik. 35. Albatta, Sen bizni ko'ruvchi zotsan". 36. (Alloh) aytdi: "So'ragan narsang senga ato etildi, ey, Muso! 37. Biz senga (go'daklik chog'ingda ham) bir karra in'om etgan edik. 38. O'shanda onangga (shunday) vahiy yuborgan edik: