77. (Ey, Muhammad,) oyatlarimizga kofir bo'lgan va: "Qasamki, albatta, (oxiratda ham) menga mol- mulk va farzand ato etilur", - degan kimsani ko'rdingizmi? 78. U g'oyibdan xabardor bo'libdimi yoki Rahmon dargohidan ahd olibdimi?! 79. Yo'q! Albatta, (Biz) uning aytayotgan so'zini yozib qo'yurmiz hamda unga azobni ziyoda qilurmiz. 80. U aytayotgan (mol-mulk)ni (Biz) meros olurmiz va u huzurimizga yolg'iz holda kelur. 81. Ular (Makka mushriklari) Allohni qo'yib, o'zlariga madad bo'lishi uchun "ilohlar" tutdilar. 82.Yo'q! (Qiyomat kuni butlari) ular qilgan ibodatlarni inkor qilurlar va ularga zid bo'lurlar.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
201
83. (Ey, Muhammad,) Biz kofirlarga ularni (gunoh ishlariga) qo'zg'atadigan shaytonlarni yuborganimizni ko'rmadingizmi?! 84. Bas, Siz ularga shoshqaloqlik qilmang! Albatta, Biz ularni (gunohlarini) aniq hisoblab tururmiz. 85. Taqvodorlarni Biz suvora hollarida Rahmon dargohiga to'playdigan, Izoh: Taqvodorlar tilla tuyalarga mindirilib, Allohning huzuriga olib borilishi to'g'risidagi oyat. 86. jinoyatchi-kofirlarni esa, Biz jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)! 87. (U kunda) faqat Rahmon nazdida ahd (izn) olgan kishilargina shafoat qilishga ega bo'lurlar. 88. (Mushriklar): "Rahmon farzand tutdi", - dedilar. 89. (Ey, mushriklar,) sizlar shunday og'ir gap aytingizki, 90. uning (og'irligidan) osmonlar yorilib, Yer bo'linib, tog'lar qulab parchalanib ketayozur.