Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
213
49. Ular Parvardigorlaridan g'oyibona qo'rqurlar va qiyomatdan ham ular xavfda turuvchilardir.
50. Bu (Qur'on) Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Hali sizlar uni inkor qiluvchimisizlar?!
51. Darhaqiqat, Biz (Musodan) ilgari Ibrohimga to'g'ri yo'lni ato etdik. Biz uni biluvchimiz.
52. O'shanda (Ibrohim) otasi va qavmiga: "Sizlar doimo sig'inadigan bu haykallar nimadir?!" - dedi.
53. (Ular) aytdilar: "Bizlar ota-bobolarimizni ularga sig'ingan holda topganmiz".
54. (U) dedi: "Darhaqiqat, sizlar ham, ota-bobolaringiz ham ochiq zalolatda ekansizlar".
55. (Ular) aytdilar: "Bizga haq narsani keltirdingmi yoki sen o'yin qiluvchilardanmisan?"
56. (U) dedi: "Yo'q! Sizlarning Rabbingiz (butlar emas, balki) osmonlar va Yerning Parvardigoriki,
ularni o'zi yaratgandir. Men bunga guvohlik beruvchilardandirman.
57. Alloh nomiga qasamki, sizlar o'girilib (bayramga) ketganlaringizdan keyin butlaringizga makr
(hujum) qilurman".
58. Bas, u (butlarni) parchalab tashladi. Faqat, "(mushriklar butlarning) kattasiga qaytsinlar" (deb)
Dostları ilə paylaş: