Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
215
83. Ayyubning esa Parvardigoriga nido qilib: "(Parvardigorim,) menga musibat yetishdi. O'zing
rahmlilarning rahmlirog'idirsan", - deb iltijo qilgan paytini (eslang).
84. Bas, Biz uni (duosini) mustajob qilib, undagi zahmatni ketkazdik hamda o'z huzurimizdan
mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qiluvchilarga eslatma bo'lsin, deb (Ayyubga) oilasini va ular bilan
qo'shib, yana ularning barobarida ahlu avlod ato etdik.
Izoh: Ayyub payg'ambar qadimdan sabr-toqat bobida mashhuri jahon bo'lib, u zarbul-masalga aylanib ketgan.
Zero, u shaytonning hasadiga javoban Allohning yuborgan barcha musibat va dardlariga sabr qilgan, shikoyat
qilmagan. Bu ishlarning ajrini yorug' dunyoda qisman olishga muyassar bo'lganlar.
85. Ismoil, Idris va Zul-kiflni (eslang). Barchalari sabr qiluvchilardandir.
86. Biz ularni o'z rahmatimizga doxil qildik. Darhaqiqat, ular solih zotlardandir.
87. Zunnun (Yunus)ning (o'z qavmidan) g'azablangan holda (qishlog'idan chiqib) ketib, Bizni unga
qarshi chiqa olmaydi, deb o'ylagan paytini, so'ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin)
Dostları ilə paylaş: