qo'yilgandir. 5. Ey, insonlar! Agar sizlar qayta tirilishdan shubhada bo'lsangizlar, (qaranglar), Biz sizlarga (Allohning qudratini) bayon qilish uchun sizlarni (otangiz Odamni) tuproqdan, so'ngra (Odam naslini) maniydan, so'ngra laxta qondan, so'ngra (shakllanib) bitgan va bitmagan parcha go'shtdan yaratdik. Biz (sizlarni) xohlaganimizcha - muayyan muddatgacha bachadonlarda qoldirib, so'ngra chaqaloq holingizda (dunyoga) chiqarurmiz, so'ngra voyaga yetgunlaringizgacha (tarbiya qilurmiz). Sizlardan (go'daklik va yoshlikda) vafot etadiganlar ham bo'lur, yana sizlardan bilimlarni bilganidan so'ng hech narsani bilmay qolishi uchun eng tuban umrga (o'ta keksalikka) qaytariladiganlar ham bo'lur. Yerni qo'riq holda ko'rursiz. Bas, qachonki, Biz uning ustidan (yomg'ir) yog'dirsak, u harakatga kelib ko'pchir va turli go'zal (nabotot) juftlarini undirur. 6. Bu Alloh Haq ekani va Uning o'zi o'liklarni tiriltirishi hamda U hamma narsaga qodir ekanidandir. 7. Yana aniqki, qiyomat shaksiz keluvchidir va albatta, Alloh qabrdagilarni tiriltirur. 8. Odamlar orasida Alloh haqida munozara qiladiyu, lekin o'zi ilmsiz, hidoyat topmagan, biror nurli Kitobi yo'q, 9. (to'g'ri yo'ldan) bo'yin tovlab, (o'zgalarni ham) Alloh yo'lidan ozdirish maqsadida yuradiganlar ham bordir. Uning uchun bu dunyoda rasvolik bo'lur, qiyomat kunida esa unga yong'in azobini totdirurmiz. 10. (Unga dermiz): "Bu (azob) o'z qo'llaring (bilan) qilgan gunohing sabablidir. Zero, Alloh sira bandalariga zulm qiluvchi emasdir". 11. Odamlar orasida Allohga bir ёqlama (til uchida) ibodat qiladigan kimsalar ham bordir: bordiyu unga yaxshilik yetsa, o'sha sababli xotirjam bo'lur, agar biror baxtsizlik yetsa, (dindan) yuz o'girib