32. Ular (mushriklar) dinlarini bo'lib yuborib, (turli) firqalarga ajralgandirlar. Har bir firqa o'z nazdilaridagi narsa bilan shoddirlar. 33. Qachonki, (dinsiz) odamlarga biror ziyon yetsa, Parvardigorlariga qaytib, unga iltijo qilurlar, so'ngra qachonki, (Alloh) ularga O'z tomonidan marhamatni tottirib qo'ysa, bexos ulardan bir guruhi Parvardigorlariga shirk keltira boshlaydilar. 34. Ular Biz ato etgan ne'matlarga noshukrlik qilaversinlar! Bas, (ey, mushriklar,) foydalanib qolinglar! Bas, yaqinda (haqiqatni) bilib olursizlar! 35. Yoki Biz ularga (osmondan) ularning shirk keltirishlarini (to'g'ri deb) so'zlaydigan biror hujjat nozil qildikmi?! 36. Qachonki, Biz odamlarga biror marhamat tottirsak ular bundan shodlanadilar. Agar o'z qilmishlari sababli ularga biror yomonlik (musibat) yetsa, birdaniga ular noumid bo'la boshlaydilar. 37. Allohning xohlagan kishilar rizqini farovon qilishi va (boshqalar rizqini) tang qilishini ko'rmadilarmi?! Albatta, bunda imon keltiruvchi qavm uchun alomatlar bordir! 38. Bas, qarindosh haqqini ado eting! Miskin va musofir haqqini ham. Ana shu Allohning "yuzi"ni istaydiganlar uchun yaxshidir! Aynan o'shalar iqbollidirlar! 39. Odamlarning mol-mulki ko'paysin deb sizlar bergan ribo (foiz)laringiz, Alloh nazdida (hech narsani) ko'paytirmaydi! Allohning "yuzi"ni maqsad qilib bergan zakotingiz esa, bas, aynan o'shalar ko'paytiruvchilardir! Izoh: Ya'ni berilgan zakot boylikni kamaytirish o'rniga unga baraka kiritadi. 40. Alloh - sizlarni yaratgan, so'ngra sizlarni rizqlantirgan, so'ngra vafot ettiradigan, so'ngra (qiyomatda) tiriltiradigan zotdir! (Keltirayotgan) shirklaringiz ichida shu (mazkur)lardan birortasini