Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
278
15. Bizning oyatlarimizga faqat u (oyat)lar zikr qilinganda sajda qilgan hollarida yiqiladigan va kibr
qilmagan hollarida hamd bilan Parvardigorlariga tasbeh aytadigan zotlargina imon keltirurlar. (Sajda
oyati)
16. Ularning yonboshlari o'rindiqlardan ajrab turar (oz uxlaydilar). Ular Parvardigorlariga qo'rquv va
umidvorlik bilan duo qilurlar va Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan ehson qilurlar.
17. Bas, ularning qilib o'tgan amallariga mukofot uchun yashirib qo'yilgan ko'zlar quvonchini (oxirat
ne'matlarini) hech kim bilmas.
18. Axir, mo'min kishi bilan fosiq (itoatsiz) kimsa teng bo'lurmi?! (Yo'q), barobar bo'lmaslar!
19. Imon keltirgan va solih amallarni qilgan zotlar uchun qilgan amallari sababli jannat maskanlari
manzil bo'lur.
20. Fosiq bo'lgan kimsalarning maskanlari esa do'zaxdir. Har qachon undan chiqmoqchi bo'lsalar, yana
unga qaytarilurlar va ularga: "O'zlaringiz inkor etgan do'zax azobini totingiz!" - deyilur.
21. Albatta, Biz ular (itoatsizlikdan) qaytishlari uchun ularga katta azobdan ilgari yaqin azobni (dunyo
Dostları ilə paylaş: