Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


(Ular) na biror do'st va na biror yordamchi topmagan hollarida u joyda mangu qolurlar



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə487/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
65. (Ular) na biror do'st va na biror yordamchi topmagan hollarida u joyda mangu qolurlar.
 
66. Yuzlari olovda aylantiriladigan kunda, ular: "Koshki edi, Allohga itoat etganimizda, payg'ambarga 
itoat etganimizda", - derlar.
 
67. Yana ular: "Parvardigoro, darhaqiqat, bizlar boshliqlarimizga va kattalarimizga bo'yin sundik, bas, 
ular bizlarni (to'g'ri) yo'ldan ozdirdilar.
 
68. Parvardigoro, ularga azobni ikki hissa qilib bergin va ularni katta la'nat bilan la'natlagin", - 
deydilar.
 
69. Ey, mo'minlar, sizlar Musoga ozor bergan kimsalar kabi bo'lmangizlar! Bas, Alloh (Musoni) ular 
aytgan narsa (ayblar)dan oqladi. U Alloh nazdida obro'li kishi edi.
 
70. Ey, mo’minlar, Allohdan qo'rqinglar va to'g'ri so'zlanglar! 
 
71. (Shunda Alloh) ishlaringizni o'nglar va gunohlaringizni mag'firat etar. Kimki Allohga va Uning 
payg'ambariga itoat etsa, bas, u ulug' yutuqqa erishibdi.
 
72. Biz (bu) omonatni (chin bandalik omonatini) osmonlarga, Yerga va tog'larga taklif etdik, ular uni 
ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Inson esa uni o'z zimmasiga oldi. Darhaqiqat, u (o'ziga) 
zulm qiluvchi va nodondir.
 
73. Alloh munofiq va munofiqalarni, mushrik va mushrikalarni jazolash uchun hamda mo’min va 
mo'minalarning tavbalarini qabul qilish uchun (bu omonatni yukladi). Alloh mag'firatli va rahmli 
zotdir.  


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
285
SABA' SURASI
Saba' - Yaman diyoridagi qadimiy shahar nomi. Unda Bilqis ismli malika hukmronlik qilgani va Sulaymon (a. 
s.) bilan o'rtalarida kechgan mojarolar to'g'risida Naml surasida bayon qilingan edi. Bu surada mazkur Saba' 
qabilasining noshukurliklari sababli noz-ne'matlardan mahrum bo'lganlari to'g'risida oyatlar kelgani uchun unga 
shu nom berilgan. Surada Dovud va Sulaymon (a. s.) qissalari, haq bilan botilning o'zaro kurashi, ezgulikka 
berilajak ajru savoblar, yovuzlikka atalgan uqubat va jazolar to'g'risida ham batafsil ma'lumotlar berilgan. 
Ayniqsa, jin, dev, parilar ham inson kabi g'aybiy sirlarni mukammal bilmasligi haqida ibratli voqealar ushbu 
surada o'z aksini topgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   483   484   485   486   487   488   489   490   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin