Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


izzat-ikromni ko'rgach), u aytdi: "Qani edi qavmim bilsalar



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə505/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

izzat-ikromni ko'rgach), u aytdi: "Qani edi qavmim bilsalar 
 
27. Rabbimning meni mag'firat etganini va meni mukarram kishilardan qilganini".  
 
YIGIRMA UCHINCHI JUZ’ 
************************* 
28. Biz undan (Habib an-Najjor qatlidan) keyin uning qavmi ustiga osmondan biror qo'shin (azob 
farishtalarini) tushirmadik. Biz (shoshilinch) tushiruvchi emasmiz.
 
29. Faqat birgina dahshatli qichqiriq bo'ldi-yu, birdaniga ular "o'chib" qoldilar.
 
30. Bandalarga hasrat (nadomat) bo'lgayki, ularga payg'ambar kelishi bilan uni masxara qiluvchi 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
296
bo'ldilar.
 
31. Axir, ular o'zlaridan oldin ham qancha avlodlarni halok qilganimizni – o'shalar ularning oldiga 
(dunyoga) qaytib kelmayotganini ko'rmadilarmi?! 
 
32. Albatta, barchalari (qiyomatda) Bizning dargohimizda hozir qilinuvchidirlar.
 
33. O'lik (qo'riq) yer ular uchun (qayta tirilishga) bir alomatdir, Biz uni ( suv bilan) tiriltirdik va undan 
(turli) donlarni undirib chiqardik. Bas, ular undan yerlar.
 
34. Yana Biz u (yer)da xurmozor va uzumzor bog'larni (paydo) qildik va u yerda buloqlarni oqizib 
qo'ydik.
 
35. Toki (odamlar) mevasidan yesinlar. Holbuki, u (mevalar)ni o'z qo'llari (bilan) qilmagan edilar. Axir 
shukr qilmaydilarmi?! 
 
36. Yer undiradigan narsalardan, (odamlarning) o'zlaridan va yana ular bilmaydigan narsalardan iborat 
barcha juftlarni yaratgan (Alloh)ga tasbeh aytilur.
 
37. Tun ham ular uchun (qudratimizdan) bir alomatdir. Biz undan kunduzni sug'urib olishimiz bilan 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin