Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
294
YOSIN SURASI
"Yosin" so'zining ma'nosi to'g'risida turli rivoyatlar bor. Masalan, "Ey, inson!", "Ey, Muhammad!", "Ey,
Sayyid!" kabilar.
Surada Muhammad (a. s.)ning haqiqiy Payg'ambar ekanliklari, Iso (a. s.) tomonidan Antokiya shahriga
yuborilgan elchilarning ko'rgan kechirmalari, Habib an-Najjor ismli shaxsning imon yo'lida qurbon bo'lishi,
quyosh, oy, yulduzlarning ilohiy qonun bilan faoliyat ko'rsatib turishlari, shuningdek, jannat va do'zax
ahllarining qiyomat kunidagi holatlari, tavhid, qayta tirilish haqligiga dalolat qiluvchi oyatlar joy olgan. Yosin
surasining fazilatlari to'g'risida ko'pgina hadisi shariflar rivoyat qilingan. Ularda kimki bu surani ixlos bilan
o'qisa, hojati ravo bo'lishi, och bo'lsa qorni to'yishi, tashna bo'lsa serob bo'lishi, kiyim-boshga ega bo'lishi, xavf-
xatarda bo'lsa xotirjamlik topishi, kambag'al bo'lsa boy bo'lishi, mahbus bo'lsa ozod bo'lishi, qarzdor bo'lsa
qarzidan oson qutilishi kabi va'dalar bayon qilingan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Yo, Sin.
2. (Ey, Muhammad, ushbu) hikmatli Qur'onga qasamki,
3. haqiqatan, Siz payg'ambarlardandirsiz!
4. (Siz) To'g'ri yo'ldadirsiz.
5. (Bu Qur'on) qudratli va rahmli (Alloh)ning nozil qilgan (Kitob)idir,
6. toki ota-bobolari ogohlantirilmay, g'ofil bo'lib qolgan qavmni ogohlantirgaysiz.
7. Ularning ko'plariga So'z (azob haqidagi hukm) muqarrar bo'lgandir. Bas, ular imon keltirmaslar.
Dostları ilə paylaş: