Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
310
eslang!
46. Biz ularni (bir) xislat - (oxirat) diyori eslatmasi bilan xos qildik.
47. Yana ular Bizning huzurimizda tanlangan, yaxshi kishilardandir.
48. Yana Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni eslang! Barchalari yaxshi kishilardandir.
49. Bu bir eslatmadir. Shubhasiz, taqvodor zotlar uchun go'zal oqibat -
50. ular uchun barcha darvozalari ochib qo'yilgan mangu jannatlar bordir.
51. Ular u joylarda (so'rilarda) suyanib o'tirib, mo'l-ko'l meva-cheva va sharob chaqirurlar.
52. Ularning oldilarida ko'zlari (boqishda) cheklangan (yosh va husnda) tengqur (qiz)lar bo'lur.
53. Bu (narsalar) sizlarga O'isob kuni uchun va'da qilinayotgan narsalardir.
54. Albatta, bu Bizning (jannat ahliga beradigan) rizqimizdirki, unda tugashlik bo'lmas.
55. (Haqiqat) shudir. Darvoqe, haddan oshuvchi kimsalar uchun eng yomon oqibat -
56. ular tushadigan jahannam bordir. Bas, naqadar yomon joy u!
57. Mana bu qaynoq suv va yiringdir! Bas, ular uni totib ko'rsinlar!
58. Boshqa (azob-uqubatlar) ham, o'sha shaklda bo'lur!
59. (Ularga ergashgan kimsalarni ko'rsatilib): "Mana bu (odamlar) sizlar bilan birga (sizlar sababli
jahannamga) tashlanuvchi jamoatdir", (deyilganida, peshvolar ayturlar):"Xush kelmadilar! Haqiqatan,
ularning o'zlari do'zaxda toblanuvchilardir".
Dostları ilə paylaş: