Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
309
29. (Ey, Muhammad, ushbu Qur'on) oyatlarini tafakkur qilishlari va aql egalari eslatma olishlari uchun
Biz Sizga nozil qilgan muborak Kitobdir.
30. Dovudga Sulaymonni ato etdik. (Sulaymon) naqadar yaxshi bandadir! Darhaqiqat, u (Alloh yo'liga)
butunlay qaytuvchidir.
31. Eslang, unga (bir kuni) kechki payt gijinglab turuvchi uchqur otlar ro'baro' qilingan edi.
32. Bas, u dedi: "Darhaqiqat, men Parvardigorim zikridan (ya'ni, namozimdan qolib) bu yaxshi (ot)larni
suyub-erkalashga berilib ketibman! Hatto (quyosh) parda bilan berkinibdi (botibdi).
33. U (ot)larni menga qaytaringlar-chi!" Bas, u (qilich bilan otlarning) oyoq va bo'yinlarini "silash"ga
kirishdi (so'yib qurbonlik qildi).
34. Sulaymonni imtihon qildik va uning taxti ustiga bir (jonsiz) jasadni tashladik. So'ngra u tavba qilib,
35. dedi: "Ey, Rabbim, O'zing meni mag'firat qilgin va menga o'zimdan keyin biror kishiga muyassar
Dostları ilə paylaş: