53. Bas, unga (Musoga) oltin bilaguzuklar tashlanganida edi yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo'lib kelganida edi!" 54. Bas, u o'z qavmini tezlatgan edi, ular unga itoat etdilar. Darhaqiqat, ular fosiqlar qavmi edilar. 55. Bas, qachonki, ular g'azabimizni keltirishgach, Biz ulardan intiqom oldik - barchalarini (dengizga) g'arq qilib yubordik. 56. Bas, ularni keyingilar uchun o'tmish (ibrat) va masal qilib qo'ydik. 57. (Ey, Muhammad,) qachonki, Maryam o'g'li (Iso) misol keltirilsa, birdaniga qavmingiz (bundan shodlanib) qichqira boshlaydilar. 58. Ular: "Bizlarning ilohlarimiz yaxshiroqmi yoki umi?!"- deydilar. Ular (bu misolni). Sizga faqat tortishish uchungina keltiradilar. Aslida, ular xusumatchi (urushqoq) qavmdirlar. 59. U faqatgina Biz (payg'ambarlik) in'om etgan bir bandadir. Biz uni (otasiz yaratish bilan) Isroil avlodi uchun bir misol (ibrat) qildik. 60. Agar xohlaganimizda, albatta, sizlarning o'rningizga yerda o'rinbosarlikka farishtalarni (paydo) qilgan bo'lar edik. 61. Albatta, (Iso) Qiyomat haqidagi ilm (alomat)dir. Bas, sizlar u (Qiyomat) haqida sira shubha qilmangiz! (Ey, Muhammad, Makka ahliga ayting): "Menga ergashinglar! Mana shu To'g'ri yo'ldir. Izoh: Islom aqidasida Iso (a. s.)ning qiyomat qoyim bo'lishi arafasida osmondan Yer yuziga nozil bo'lishi va 40 yil Islom shariati bo'yicha hukm aytishi To'g'risida alohida bir band bor. Bu aqidaning dalili sifatida ushbu oyat va boshqa hadisi shariflarni keltirganlar. Ulug' sahobalardan Abdulloh ibn Abbos va Qatododan mazkur rivoyat naql qilingandir. 62. Sizlarni shayton (Allohning dinidan) sira to'smasin! Albatta, u sizlarga aniq dushmandir.