2. U ahli kitoblardan (yahudiylardan) kofir bo'lgan kimsalarni birinchi "to'plash"dayoq o'z diyorlaridan haydab chiqargan zotdir. (Ey, mo'minlar,) sizlar ularni chiqib ketishlarini o'ylagan ham emas edingiz, ular ham o'zlarining qal'alarini Alloh (azobi)dan to'suvchi deb o'ylagan edilar. Bas, Alloh(ning azobi) ular hisobga olmagan tomondan keldi va dillariga qo'rqinch soldi. Ular uylarini o'z qo'llari va mo'min- larning qo'llari bilan buzar edilar. Bas, ey, aql egalari, (ulardan) ibrat olingiz! Izoh: Qamalda qolgan Banu Nazir qabilasi kishilari ikkinchi bor sulh tuzishni taklif qiladilar, lekin Rasululloh bir marta sulhga xiyonat qilgan bu qabila bilan sulh tuzishdan bosh tortadilar va narsalarini olib yurtdan chiqib ketishlarini talab qiladilar. Talab amalga oshadi. 3. Agar Alloh ularga surgunni yozmaganida, albatta, ularni mana shu dunyoda (qatl qilish yoki asrga olish bilan) azoblagan bo'lur edik. Ular uchun oxiratda do'zax azobi ham bordir. 4. Bunga sabab, ularning Alloh va Uning payg'ambariga qarshi turganlaridir. Kimki Allhga qarshi tursa, bas, Alloh jazosi qattiq zotdir. 5. (Ey, imon keltirganlar,) sizlar (Banu Nazir xurmozorlaridan) biror xurmo daraxtini kesdinglarmi yoki uni o'z tanalarida turgan holida qoldirdinglarmi, bas, (qilingan ish) Allohning izni bilan va fosiq (itoatsiz) kimsalarni rasvo qilish uchundir. 6. Alloh O'z Payg'ambariga ulardan o'lja qilib bergan narsalar ustiga sizlar ot va tuyalarni minib borganlaringiz yo'q (qiynalib qo'lga kiritganlaringiz yo'q), lekin Alloh O'z payg' ambarlarini O'zi xohlagan kimsalardan ustun qilib qo'yar. Alloh har narsaga qodirdir. 7. Alloh qishloq (shahar)larning (kofir) aholisidan o'z payg'ambariga o'lja qilib bergan narsalar - toki