8. (Ey, Muhammad,) o'zaro shivirlashishdan qaytarilganlaridan so'ng yana taqiqlangan narsaga qaytadigan hamda gunoh, adovat va payg'ambarga itoatsizlik qilish to'g'risida o'zaro shivirlashadigan kimsalarni ko'rmadingizmi?! Qachonki, ular Sizning oldingizga kelsalar, Alloh Sizga o'sha (so'z) bilan
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
383
salom bermagan ibora bilan Sizga salom berurlar. Yana o'zlaricha: "Aytayotgan so'zimiz sababli Alloh bizlarni azoblamasa edi?!" - derlar. Ularga o'zlari toblanadigan jahannam bas kelur. Naqadar yomon taqdir bu! Izoh: Munofiqlar Rasulullohga duch kelib qolsalar, "Assomu alaykum", ya'ni, "Sizga o'lim bo'lsin", - der edilar. Vaholanki, ularning qora niyati Allohga va Rasuliga ma'lum edi. 9. Ey, mo'minlar, sizlar o'zaro shivirlashib gaplashganlaringizda gunoh, adovat va payg'ambarga itoatsizlik qilish to'g'risida shivirlashmanglar, (balki) yaxshilik va taqvo haqida shivirlashinglar hamda sizlar huzuriga to'planadigan zot - Allohdan qo'rqinglar! 10. O'zaro shivirlashish faqat shayton tomonidan bo'lib, imon keltirgan zotlarni g'amgin qilish uchundir. (Lekin) u Allohning iznisiz ularga zarar yetkaza oluvchi emasdir. Bas, mo'minlar Allohgagina tavakkul qilsinlar! 11. Ey, mo'minlar, qachonki, sizlarga (suh batlarda): "joy beringiz", - deyilsa, darhol joy beringiz, Alloh sizlarga ham (xohlagan yeringizdan) joy berur. Yana, qachonki, "turingiz" deyilsa, darhol turinglar, Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja (martaba)larga ko'tarur. Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. 12. Ey, imon keltirganlar, qachonki, sizlar Payg'ambar bilan suhbatlashishni istasangizlar,