qanday daxli qolmas. Magar, ulardan ehtiyot bo'lish uchun (yuzaki muomala qilsangiz) mumkindir. Alloh sizlarni "O'zidan" ogohlantiradi. Alloh (huzuri)ga, albatta, qaytish bordir. 29. Ayting: "Ko'ksingizdagi narsani xoh yashiring, xoh oshkor qiling, Alloh uni bilur. Osmonlaru Yerdagi narsalarni (ham U) bilur. Alloh hamma narsaga qodirdir. 30. Har bir jon o'zi qilgan yaxshi va yomon amallari (ko'z o'ngida) hozir qilingan Kun (qiyomat)da ular (yomon amallari) bilan uning o'rtasi uzoq masofa bo'lishini orzu qiladi. Alloh sizlarni "O'zidan" ogohlantiradi. Alloh bandalarga mehribondir. 31. Ayting (ey, Muhammad): "Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir". 32. Ayting: "Alloh va payg'ambarga itoat etingiz!" Agar yuz o'girsalar, Alloh, shubhasiz, kofirlarni sevmas. 33. Albatta, Alloh Odam va Nuhni hamda Ibrohim va Imron avlodlarini olamlar uzra (payg'ambarlik uchun) tanladi 34. (ularni) bir-birlaridan zurriyot etib. Alloh eshituvchi va bilimdon zotdir. Izoh: Ya'ni ularning ota-bobolari bir nasldan tarqalgan suloladir. Masalan, Muso bilan Horun Imrondan, Imron Yashardan, Yashar Qohasdan, Qohas Lovaydan, Lovay Ya'qubdan, Ya'qub Ishoqdan. Shuningdek, Iso Maryamdan, Maryam Imrondan, Imron Mosondan, Moson Yahudoga borib yetadi, Yahudo esa Ya'qub o'g'illaridandir. Ularning hammasi Ibrohim Xalilullohga zurriyotdir. Shuningdek, Muhammad (a. s.) ham Ibrohim (a. s.)ning Ismoil nomli o'g'illariga zurriyotdirlar. Ikkinchi tafsiri shuki, ular bir-birlariga din yuzasidan zurriyot sanaladilar. Zero, hammasining dini ham tavhidga asoslangan ilohiy dindir. 35. Eslang (ey, Muhammad,) Imronning xotini: "Ey, Rabbim, men qornimdagi narsani (homilani dunyo