Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə665/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   661   662   663   664   665   666   667   668   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

www.ziyouz.com кутубхонаси 
403
QALAM SURASI
 
Surada qalam va yozuv qurollarining sha'ni ulug'lanadi va ular bilan qasamyod etib, Alloh taolo O'z 
payg'ambarlarining haq ekanini, mushriklar inkori va bo'htonlari botil ekanini isbotlaydi. Surada baxillik 
qoralanadi va uning yomon oqibatlari ifoda etiladi. Undagi oyatlarda insoniyat uchun muhim ilohiy o'gitlar 
mavjud.
 
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
 
1. Nun. Qalam va (u bilan) yozishadigan narsa (bitik)larga qasamki, 
 
Izoh: Bitadiganlar farishtalar yoki insonlar bo'lishi mumkin. Har ikki tafsir ham o'rinlidir.  
 
2. (ey, Muhammad,) Siz Rabbingizning ne'mati bois majnun emasdirsiz! 
 
3. Albatta, Sizga (sabr qilganingiz uchun) tuganmas mukofot bordir.
 
4. Albatta, Siz buyuk xulq uzradirsiz!
 
Izoh: Buyuk xulqning ma'nolari haqida turli tafsirlar bor. Avvalo xulq bu yerda o'zining asl ma'nosida 
ishlatilgani ma'qul. Hadisi sharifda Rasulullohning o'zlari: "Men makorimi axloqni takomillashtirish uchun 
yuborilganman", - deganlar. Siyrat va shamoillarga doir asarlardagi ma'lumotlar ham shunga dalolat qiladi. 
Xullas, Muhammad (a. s.) komil inson, buyuk xulq egasi deb atalishiga loyiq ekanliklarida hech qanday shubha 
bo'lishi mumkin emas. Boshqacha tafsir qiluvchilar bu oyatdagi buyuk xulqdan murod - Qur'on yoki ulug' din, 
ya'ni, islom dini deb yozadilar. Har holda o'quvchi bulardan qaysinisi munosibroq ekani to'g'risida o'zi ham 
fikr yuritar degan umiddamiz.
 
5. Hali yaqinda ko'rajaksiz va ular ham ko'rajaklar 
 
6. qaysilaringiz (Sizmi yoki ularmi) maftun (majnun) ekaningizni .
 
7. Albatta, Rabbingizning O'zi Uning yo'lidan ozgan kimsalarni yaxshi biluvchidir va U hidoyat 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   661   662   663   664   665   666   667   668   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin