Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
416
MUZZAMMIL SURASI
Muzzammil - o'ralib olgan, ya'ni, biror narsadan qo'rqqan kishi arablar odati bo'yicha kiyim yoki to'shaklariga
o'ralib olishga harakat qilar ekan. Payg'ambarimiz (a.s.) ham mushriklarning bergan aziyatlaridan xafa bo'lib
o'ralib yotganlarida, shu suraning oyatlari nozil bo'lgan deyiladi. Unda Rasul (a.s.)ga Alloh taolo tungi ibodat
qoidalaridan ta'lim beradi. Tunni faqat uyqu bilan ham emas yoki faqat ibodat bilan ham emas, balki har
ikkisiga ham ma'lum vaqt ajratish to'g'risida ko'rsatma beriladi. Surada vahiy "og'ir so'z" deb atalgan.
Darhaqiqat, Qur'oni karimni Jabroil (a.s.) oyat-oyat, sura-sura shaklida Payg'ambar (a.s.)ga olib kelganlarida
uni qabul qilib olish jarayoni qanchalik og'ir kechsa, ulardagi ahkomlarni hayotga tadbiq etish undan-da og'ir
kechar edi. Surada aytilgan tilovat qoidalari, ya'ni, Qur'onni tajvid va tartil bilan aniq tilovat qilish mas'uliyati
barcha mo’minlar uchun ham taalluqlidir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Ey, (kiyimlariga) o'ralib olgan kishi (Muhammad),
2. tunda (bedor bo'lib, namozga) turing! Faqat ozgina (uxlashga vaqt qolsin).
3. Ya'ni, yarmi (qolsin) yoki yarmidan ham bir oz kamaytiring.
4. Yoxud unga (bir oz) ziyoda qiling (yarmidan ko'prog'ida uxlang) va Qur'onni tartil bilan (dona-dona
qilib) tilovat qiling!
5. Zero, Biz Sizga og'ir So'zni (Qur'onni) tushirajakmiz.
Dostları ilə paylaş: