17. Alloh sizlarni (Odamni) yerdan undirdi (paydo qildi).
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
413
18. So'ngra (vafot etganlaringizda) sizlarni yana (yerga) qaytarur va (Qiyomatda) sizlarni yana chiqarur. 19. Alloh yerni sizlar uchun to'shak qildi, 20. toki undagi keng yo'llarda yurgaysizlar. 21. Nuh (yana) aytdi: "Ey, Rabbim, darhaqiqat, ular menga itoatsizlik qildilar hamda (topgan) mol- dunyosi va farzandlari o'ziga faqat ziyonni oshiradigan kimsalarga ergashib ketdilar". 22. ( Ular) juda katta makr qildilar. 23. (O'zlariga ergashgan kimsalarga:) "Sizlar o'z ilohlaringizni sira tark etmanglar! "Vad"ni ham, "Suvo'"ni ham, "Yag'us"ni ham, "Ya'uq"ni va "Nasr"ni ham sira tark etmangizlar!" - dedilar. Izoh: Vad, Suvo', Yag'us, Ya'uq, Nasr - ular siqinadigan ma'buda - sanamlarning nomlaridir. 24. Darhaqiqat, ular (Nuh qavmining kofirlari) ko'p (kishilar)ni yo'ldan ozdirdilar. "(Ey, Rabbim,) zolimlarga faqat gumrohlikni ziyoda qilgin!" (dedi Nuh). 25. Ular o'z xato (gunoh)lari sababli g'arq qilinib, (suv balosidan so'ng yana) olovga kiritildilar. Bas, o'zlariga Allohdan o'zga yordam beruvchilarni topmadilar. Izoh: Bu qabr azobiga dalolat qiladigan oyatlardandir. 26. Nuh aytdi: "Ey, Rabbim, yer yuzida kofirlardan birorta (tirik) yuruvchini qoldirmagin. 27. Chunki, Sen agar ularni qoldirsang, bandalaringni yo'ldan ozdirurlar va faqat, fosiq, noshukr(lar)ni tuqarlar. 28. Ey, Rabbim, meni, ota-onamni, uyimga mo’min holda kirgan kishilarni va barcha mo’minu