Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Yana u (osmon)ning tunini qorong’u qilib, (undan) kunduzini chiqardi



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə699/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   695   696   697   698   699   700   701   702   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
29. Yana u (osmon)ning tunini qorong’u qilib, (undan) kunduzini chiqardi.
 
30. Shundan keyin Yerni (tuyaqush tuxumi shaklida) yoyib - tekis qildi.
 
31. Undan suviyu, o'tloqlarini chiqardi.
 
32. Tog’larni esa o'rnashtirdi.
 
33. (Bularning barchasi) sizlarga va chorva hayvonlaringizga manfaat bo'lsin deb (qilingandir).
 
34. Bas, qachon katta balo (Qiyomat) kelganida – 
 
35. inson o'z qilmishini eslab qoladigan Kunda, 
 
36. ko'radigan (har bir) kishiga do'zax namoyish qilinganida
 
37. bas, o'shanda kimki (dunyoda) tug’yonga ketgan 
 
38. va dunyo hayotini (oxiratdan) ustun qo'ygan bo'lsa, 
 
39. u holda, faqat jahannamgina (unga) joy bo'lur! 
 
40. Ammo, kimki Parvardigorining (huzurida) turishi (va hisobot berishi)dan qo'rqqan va nafsini 
havolanishdan qaytargan bo'lsa, 
 
41. bas, faqat jannatgina (unga) joy bo'lur.
 
42. (Ey, Muhammad, mushriklar) Sizdan Qiyomat qachon qoyim bo'lishi haqida so'rarlar.
 
43. Siz qayoqdasiz-u, uni zikr qilish (aytib berish qayoqda)?! 
 
44. Uning intihosi faqat Rabbingizga (borib to'xtar).
 
45.Siz faqat undan qo'rqadigan kishilarni ogohlantiruvchisiz.
 
46. Ular u (Qiyomat)ni ko'rgan Kunda (bu dunyoda) go'yo bir oqshom yoki choshgoh payticha 
turgandek bo'lurlar.


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
432
ABASA SURASI 
Abasa-yuzini burishtirdi, xo'mraydi degan ma'nolarni anglatadi. Sura avvalida Rasululloh huzurlariga Abdulloh 
ibn Ummi Maktum nomli bir ko'zi ojiz musulmon kelib, diniy savol so'ramoqchi bo'lganlarida, uni malol olib
iltifot qilmay, Makka zodagonlarini da'vat qilish bilan band bo'lganlari uchun Allohdan olgan tanbehlari bayon 
etilgan. Sura davomida insonning yaratilishi, yashashi va vafot etishi, u iste'mol qiladigan noz-ne'matlar, 
Qiyomat kunidagi odamlarning g’am-tashvishlari, hamma o'zi bilan ovora bo'lib qolishi, yaxshilarning yuzlari 
yorug’, yomonlarning yuzlari esa shuvit bo'lishi kabi ma'lumotlar beriladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   695   696   697   698   699   700   701   702   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin