1. (Mushriklar) bir-birlaridan nima haqida so'rashmoqdalar?! 2. Ulug’ xabar haqida. 3. Qaysiki, u haqda ular (doimo) tortishuvchidirlar. 4. Yo'q, (ularning gumonlari behudadir). Ular yaqinda (bu xabarning haq ekanini) bilib olajaklar. 5. So'ngra, yana yo'q! Bilib olajaklar! 6. Biz Yerni to'shak qilib qo'ymadikmi?! 7. Tog'larni esa (Yerni tutib turuvchi) qoziqlar qilib qo'ymadikmi?! 8. Biz sizlarni juft-juft qilib yaratdik. 9. Uyqularingizni (badan va asablaringiz uchun) orom qildik. 10. Kechani (barcha narsani yashirib turadigan) libos qildik. 11. Kunduzni esa, tirikchilik (vaqti) qildik. 12. Tepalaringizda yetti (qavat) mustahkam (osmonni) bino qildik. 13. Yana charaqlab turuvchi chiroqni (quyoshni paydo) qildik. 14. Yana Biz siqib chiqaruvchi (bulut)lardan duv-duv suv (yomg'ir) yog’dirdik. 15. Toki, u sababli don va nabotot (undirib) chiqarurmiz. 16. Shuningdek, qalin bog’larni ham. 17. Albatta, Ajrim Kuni (hisob-kitob uchun) belgilangan vaqtdir. 18. U Kunda sur chalinur, bas, sizlar to'p-to'p bo'lib (mahshargohga) kelursizlar. 19. Osmon ham ochilib, (farishtalar uchun) darvozalarga aylanib qolur.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
429
20. Tog’lar ham (joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur. 21. Albatta, jahannam poylovchi,