Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə694/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   690   691   692   693   694   695   696   697   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

 
37. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 
 
38. Bu Ajrim Kunidir! (Ey, bu Kunni yolg'on degan kimsalar, mana) Biz sizlarni ham, avvalgilarni ham 
jamladik.
 
39. Bas, agar sizlarda (do'zaxdan qutqaradigan) biror hiyla bo'lsa, Menga o'sha hiylangizni 
ko'rsatingizlar! 
 
40. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 
 
41. Taqvodor zotlar esa (u Kunda), albatta, soya-salqinlar va chashmalarda 
 
42. va ko'ngillari istagan mevalar ichida bo'lurlar.
 
43. (Ularga deyilur): "Qilib o'tgan (yaxshi) amallaringiz sababli (jannat ne'matlarini) yoqimli ishtaha 
bilan yeb-ichaveringizlar".
 
44. Albatta, Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz.
 
45. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
427
46. (Ey, kofirlar,) ozgina vaqt yeb, foydalanib qolinglar! Zero, sizlar jinoyatchidirsizlar.
 
47. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 
 
48. Qachon ularga: "Ruku' qilinglar, (namoz o'qinglar)", deyilsa, ruku' qilmaslar.
 
49. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy! 
 
50. Axir, ular (Qur'ondan) keyin (shunday aziz Kitobga imon keltirmasdan) qanday so'zga imon 
keltirurlar?! 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
428
O’TTIZINCHI JUZ’ 
************************* 
NABA' SURASI 
Naba' - xabardir.
Surada Ulug' xabar, ya'ni, qiyomat to'g'risida bahslashayotgan Makka mushriklariga aniq javoblar beriladi. 
Yana unda Alloh taolo O'z qudrati va hikmati bilan yaratgan borliq, koinot va mavjudotlar, qiyomat kunining 
shiddati, jannatdagi rohat-farog’at va boshqa muhim ma'lumotlar bayon etilgan. Suraning oxirgi oyatida 
imonsiz o'tganlarning qiyomat kuni qanchalik pushaymon qilishlari, hatto tuproq bo'lib ketishni orzu qilishlari 
ta'sirli shaklda tasvirlangan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   690   691   692   693   694   695   696   697   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin