Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
425
MURSALOT SURASI
Mursalot - estirilgan (shamol) Surada qiyomat kuni haq ekanini isbotlash uchun Alloh taolo ma'lum
mavjudotlar nomiga qasamyod etadi. Undagi oyatlarda insonning yaratilib,
dunyoga kelishi, dunyoda
yashashlikdan asosiy maqsad esa oxirat uchun hozirlik ko'rish ekani, hozirlik ko'rish o'rniga
foniy dunyo
maishati yo'lida oxiratini sotib qo'yganlarning holiga voy bo'lishi ajib uslublar bilan ifoda etilgan.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Qasamyod etaman, paydar-pay esdiriladigan (shamol)larga,
2. quturadigan (bo'ron)larga,
3. (bulutlarni) yoyib yuboradigan,
4. (haq bilan nohaqlikni) ajratib beradigan,
5. eslatma olib tushib,
6. (mo'minlarni) uzr (mag'firat) qilish yo (kofirlarni) ogohlantirishga (xizmat qiladigan farishtalarga)ki,
7. albatta, sizlarga va'da qilinayotgan narsa (Qiyomat va hisob-kitob) voqe bo'luvchidir!
8. Bas, qachonki, yulduzlar (nurlari) so'ndirilgach,
9. osmon (qobig'i) ochilgach,
10. tog'lar (qumlar kabi) sochilgach
11. va payg'ambarlarga belgilangan vaqt kelgach (Qiyomat qoyim bo'lur).
12. (Payg'ambarlar o'z qavmlari bilan hisoblashishlari) qaysi Kunga belgilangan o'zi?!
13. Ajrim Kuniga (albatta).
14. (Ey, inson,) Ajrim Kuni nima (ekanligini) sen qayerdan ham bilursan?!
15. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!
Dostları ilə paylaş: