Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
426
23. Bas, Biz (undan insonni yaratishga) qodir bo'ldik. Naqadar qudratlidirmiz!
24. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!
25. Axir, Biz yerni yig'uvchi qilib qo'ymadikmi
26. tiriklarni ham, o'liklarni ham?!
27. Yana Biz (Yerda) baland tog'larni (paydo) qildik va sizlarga (tog'lardan oqib tushadigan) chuchuk
suvni ichirdik.
28. U Kunda (Qiyomatni) inkor etuvchilar holiga voy!
29. (U Kunda kofirlarga deyilur): "Sizlar (dunyodalik paytingizda) yolg'on deb yurgan narsaga (endi)
boringlar!
30. Uch bo'lakli soyaga boringlar!
31. Hech qanday salqinlik bermaydigan va alangani ham to'smaydigan ("soya"dir u).
32. Darvoqe, u (jahannam) qasrdek (ulkan) alangalarni otur.
33. (Ular) xuddi sariq tuyalarga o'xshar.
34. U Kunda inkor etuvchilar holiga voy!
35. Bu (Kun) ular so'zlay olmaydigan
36. hamda ular uchun uzr aytishlariga ham izn berilmaydigan Kundir!
Dostları ilə paylaş: