Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Osmonga va Zuhal (yulduzi)ga qasamyod etaman



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə711/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   707   708   709   710   711   712   713   714   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

1. Osmonga va Zuhal (yulduzi)ga qasamyod etaman.
 
2. (Ey, Muhammad,) Siz Zuhal nima ekanini qayerdan ham bilar edingiz?! 
 
3. (U nuri) o'tkir yulduzdir.
 
4. Har bir jon egasi ustida (uni saqlovchi va amallarini) yod oluvchi (farishta) bordir.
 
5. Bas, inson o'zining nimadan yaralganiga bir boqsin! 
 
6. (U) otilib chiquvchi bir "suv"dan yaralgan.
 
7. (U "suv" esa) otaning pushti kamari va onaning ko'krak suyagidan chiqur.
 
8. Shubhasiz, U (Alloh) uni qayta tiriltirishga qodirdir.
 
9. Sirlar fosh qilinadigan kuni 
 
10. unga (Allohning azobidan qutqaruvchi) biror kuch ham, biror yordamchi ham bo'lmas.
 
11. Qasamyod etaman yomg’irli osmonga 
 
12. va (u sababli) yorib chiqish (don-dun, o't-o'lan) egasi bo'lmish Yergaki, 
 
13. shubhasiz, u (Qur'on) ajrim etuvchi (qat'iy) So'zdir.
 
14. U hazil (behuda so'z) emasdir.
 
15. Albatta, ular (kofirlar) makr qilurlar.
 
16. Men ham "makr" qilurman.
 
17. Bas, (ey, Muhammad,) kofirlarga ozgina muhlat va muddat bering! 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
445
A'LO SURASI 
A'lo - oliy zot, ya'ni, Alloh taoloning barcha oliylar oliysi ekanini bildiruvchi sifati.
Surada inson Allohning o'z qudrati va hikmati bilan yaratilgani, Qur'on oyatlaridan ba'zilarining unutilishi 
Allohning irodasiga bog’liq ekani, ilohiy nasihatlar hammaga ham ta'sir etmasligi, oxiratdagi holatlar, 
Qur'ondagi shu kabi ko'p o'gitlar Ibrohim va Muso (a. s)larga nozil etilgan sahifalarda ham mavjud ekanligi 
bayon etiladi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   707   708   709   710   711   712   713   714   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin