Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


(Ey, Muhammad,) eng oliy zot bo'lmish Rabbingizning nomiga tasbeh ayting!



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə712/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   708   709   710   711   712   713   714   715   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

1. (Ey, Muhammad,) eng oliy zot bo'lmish Rabbingizning nomiga tasbeh ayting! 
 
2. Zero, U (barcha narsani) yaratib, barpo qilgan, 
 
3. barchaga munosib yo'lni belgilab, (o'sha yo'lga) hidoyat qilib qo'ygan, 
 
4. o'tloqni undirib chiqarib, 
 
5. so'ng uni qoramtir xazon qilib qo'ygan zotdir. 
Izoh: Ba'zi olimlar bu oyatdagi "g'uso'" so'zini neft deb ta'vil qiladilar va u sel ko'piklariga qorishgan chirik 
yaproq xazonlarining quyqasidan hosil bo'ladi deb izohlaydilar.  
6. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga (Jabroil vositasida Qur'onni) qiroat qildirurmiz. Bas, Siz (uni) esdan 
chiqarmassiz.
 
7. Illo, Alloh (unuttirishni) xohlagan oyatlar bundan mustasnodir. Albatta, U oshkora (so'z va ishlar)ni 
ham, yashirin narsalarni ham bilur.
 
8. Biz Sizni oson (din)ga muvaffaq qilurmiz.
 
9. Bas, eslatma foyda bersa, (kishilarga) eslating! 
 
10. (Allohdan) qo'rqadigan kishi eslatma olar.
 
11. Baxtsiz kishi esa undan (eslatmadan) chetlab o'tar, 
 
12. zero, u Katta o't (do'zax)da toblanur.
 
13. So'ngra u joyda na o'la olur va na yashay olur! 
 
14. Najot topuvchi odam, haqiqatan, (kufru isyondan) pok bo'lur 
 
15. va Parvardigorining nomini yod etib, namoz o'qir.  
16. Ha, sizlar, (ey, kofirlar,) dunyo hayotini ustun qo'yursizlar.
 
17. Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.
 
18. Darvoqe, bu (nasihatlar) avvalgi (payg’ambarlarga nozil bo'lgan) sahifalarda - 
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   708   709   710   711   712   713   714   715   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin