Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə708/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   704   705   706   707   708   709   710   711   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

1. Osmon yorilganda
 
2. (bu bilan u) Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda, 
 
3. (shuningdek) Yer yoyilganda
 
4. o'z ichidagi (jasadlarni) chiqarib tashlab, bo'shab qolganda 
 
5. va u Parvardigori (amri)ga quloq tutganda va (shu amrga) loyiq topilganda (har bir inson Allohga 
hisobot berur).
 
6. Ey, inson, albatta, sen mehnat-mashaqqatlar chekib Rabbingga (ya'ni, Uning mukofot yoki jazosiga) 
boruvchisan, bas, (so'ngra) U zotga yo'liquvchisan.
 
7. Bas, kimning nomai a'moli o'ng tomonidan berilsa
 
8. bas, u oson hisob bilan hisob-kitob qilinajak, 
 
9. va o'z(ining jannnatdagi) ahli (oilasi)ga shodu xurram holda qaytajak.
 
10. Ammo, kimning nomai a'moli orqa tomonidan berilsa
 
11. bas, (o'ziga) o'lim tilab qolajak 
 
12. va do'zaxda toblanajak.
 
13. Darvoqe, u (dunyodalik paytida) ahli oilasid shodu xurram edi
 
14. o'zini hech qachon (Parvardigor huzuriga) qaytmasman deb o'ylar edi.
 
15. Yo'q! Parvardigori uni, shubhasiz, ko'rib turuvchi edi.
 
16. Bas, qasamyod etaman (quyosh botayotgan paytdagi) shafaqqa, 
 
17. tun va u qamrab olgan (barcha) narsaga 
 
18. hamda to'lin oygaki, 
 
19. albatta sizlar bosqichma-bosqich (yashab) kelursizlar! 
 
20. Bas, nega ular imon keltirmaydilar?!
 
21. Ularga Qur'on qiroat qilinganda, (Yaratganga) sajda qilmaydilar?! (Sajda oyati) 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   704   705   706   707   708   709   710   711   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin