Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
437
INFITOR SURASI
Infitor - yorilish. Bu yerda osmonning yorilishi, ya'ni, qiyomatdagi ro'y beradigan hodisalardan ba'zilari bu
surada keltiriladi. Unda oxiratda inson o'zi qilgan yaxshi-yomon amallaridan so'ralishi, bu dunyoda qilinadigan
har bir ish - harakat insonning nomai a'moliga farishtalar tomonidan yozilib turishi va jazo kuni haqida
ma'lumotlar mavjuddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
1. Osmon yorilganida,
2. yulduzlar (har tomonga) sochilganida.
3. dengizlar qo'shilib to'siqlar ochilganida,
4. qabrlar ag’darilganida (Qiyomat qoyim bo'lganida),
5. (har bir) jon o'zi (dunyoda) qilib o'tgan va qoldirgan (barcha) narsalarni (amallarini) bilur!
6. Ey inson, seni karamli Parvardigoring haqida (Unga ibodat qilma deb) nima aldab qo'ydi?!
7. U seni yaratib, so'ng (barcha a'zolaringni) tiklab, so'ng (qomatingni) rost qilib qo'ygan zot-ku!
8. U seni O'zi qaysi suratni xohlagan bo'lsa (o'sha suratda) tarkib toptirdi-ku!
9. Yo'q! Balki, sizlar jazo (Kuni)ni yolg’on der-sizlar.
10. Holbuki, sizlarning ustingizda (har bir ishingizni) yod oluvchi (farishtalar) bor.
Dostları ilə paylaş: