www.ziyouz.com кутубхонаси
457
ALAQ SURASI Alaq - Laxta qon. Bu yerda ona qornidagi homilaning rivojlanish jarayonidagi bir bosqich, ya'ni laxta quyuq
qonga aylangan holati muroddir.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 1. (Ey, Muhammad, butun borliqni) yaratgan zot bo'lmish Rabbingiz nomi bilan o'qing! 2. U insonni laxta qondan yaratdi. 3. O'qing! Rabbingiz esa karamli zotdir. 4. U insonga qalam bilan (yozishni) o'rgatgan zotdir. 5. U insonga bilmagan narsalarini o'rgatdi. 6. Darhaqiqat, inson haddidan oshar. 7. (Bunga) sabab o'zini boy - behojat sanashidir. 8. (Ey, inson,) albatta, qaytishing Rabbing huzurigadir. 9. (Ey, inson,) ko'rdingmi, to'sayotgan kimsani 10. bandani namoz o'qiganda?! 11. Ko'rdingmi - agar u (namoz o'quvchi) o'zi To'g’ri yo'lda bo'lsa, 12. yoki (o'zgalarni) taqvoga (Allohdan qo'rqishga) buyursa?! 13. Ko'rdingmi, agar u (namozdan) to'suvchi kimsa (haqni) inkor etsa va (u imon keltirishdan) yuz o'girsa, 14. albatta, Alloh (uning bu qilmishlarini) ko'rib turishini bilmasmi?! Izoh: Bu oyatlar mashhur kofir Abu Jahl xususida nozil qilingan. U Payg’ambar (a. s.)ga aziyat va zarar yetkazishni o'z oldiga oliy maqsad qilib qo'ygan bo'lib, Haq taolo bu tanbehlar bilan uni ogohlantirgan. 15. Yo'q! Qasamki, agar u (bu yo'lidan) qaytmasa, albatta, Biz uning peshona sochidan tutamiz 16. o'sha yolg’onchi, adashgan (kimsaning) peshona sochidan (tutib jahannamga oturmiz)! 17. Bas, u o'zining jamoasini (yordamga) chaqiraversin!