(Alloh). 145. Uning uchun lavhlarda (Tavrot sahifalarida) nasihat va har narsaning tafsiloti sifatida har narsadan bitib qo'ydik. Bas, (Ey, Muso!) Ularni quvvat (jiddiylik) bilan olgin va qavmingga ularning yaxshi (bitilgan ahkom)larini tutish (tatbiq etish)lariga buyurgin! Sizlarga fosiqlar diyori (qanday halokatga yuz tutgani)ni ko'rsatajakman. 146. Yer (yuzi)da nohaqlik bilan kibrlanib yuruvchilar (ongi)ni oyatlarimiz (idroki)dan chetlatib qo'yajakmiz. (Ular) har qanday mo''jizani ko'rsalar ham unga imon keltirmaydilar. Agar to'g'ri yo'lni ko'rsalar, uni (o'zlariga) yo'l qilib olmaydilar. Mabodo noto'g'ri yo'lni ko'rib qolsalar, uni (o'zlariga) yo'l qilib oladilar. Bu(ning sababi) oyatlarimizni yolg'onga chiqarishlari va ulardan g'ofil bo'lganlaridir. 147. Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg'onga chiqarganlarning (qilgan savobli) amallari barbod bo'lur. Faqat qilmishlariga (yarashagina) jazolanurlar. 148. Muso qavmi undan (Tur tog'iga ketgandan) so'ng o'zlarining bezaklaridan bir ma'raydigan buzoq jasadini (ma'buda qilib) oldilar. Uning ular bilan gaplashmasligini, ularni biror yo'lga boshlamasligini ko'rmaganmidilar?! Uni (iloh sifatida) tutdilar. (Ular oldindan) zolim edilar. 149. Qo'llaridan ("tarvuzlari") tushib (pushaymon bo'lib), o'zlarining adashganliklarini ko'rganlarida, aytdilar: "Qasamki, agar Rabbimiz bizga rahm qilmasa va (gunohimizni) kechirmasa, albatta, ziyon ko'ruvchilardan bo'lishimiz aniqdir". 150. Muso o'z qavmi sari (Tur tog'idan) qaytar ekan, (qavmining qilmishlaridan) g'azablangan va taassuflangan holda: "Menga ortimdan qanday ham yomon o'rinbosar bo'ldingiz-a?! Rabbingiz amri (kelmay turib) shoshqaloqlik qildingizmi?" - deb (qo'llaridagi) lavhlarni tashlab, akasining boshi