Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
105
Izoh: Shanba kuni voqeasining qisqacha mazmuni shundan iboratki, Dovud (a. s.) zamonlarida Ayla yoki
Madyan shahrining yahudiy xalqi uchun ulug' sanalmish shanba kuni baliq ovlash Alloh tarafidan sinov
maqsadida man etilgan edi. Ular qarashsa, baliqlar ov qilinadigan qirg'oqqa shanba kuni ko'p, boshqa kunlar
oz kelarmish. Turli hiylalarni o'ylab topishga kirishadilar. Shayton ularga shanba kuni ovlamaslik, lekin bir
tomondan hovuz kovlab, oqib kelgan baliqlarga shanba kuni qo'l tekizmay hovuzga kiritib, yakshanba kuni
yig'ib olishni o'rgatadi. Natijada ular Allohning la'natiga qolib, maymunga aylanib qoladilar. Ov
taqiqlangandan keyin ular uch toifaga bo'linib olgan edilar. Birinchi toifa orasidagi mazkur hiyla bilan ovni
davom ettiruvchilar, ikkinchisi ovdan saqlanib, boshqalarni ham undan qaytaruvchilar. Uchinchisi o'zlari ham
ovlamay, boshqalarni ham qaytarmaydiganlar. Keyingi oyatda ikkinchi va uchinchi toifa haqidagi munozara
bayon etilgan.
Dostları ilə paylaş: