8. Jinoyatchilar (mushriklar) yoqtirmasalar ham (Alloh) haqni haq, nohaqni nohaq (ekanini isbot) etish uchun (shu ishlarni qiladi). 9. Rabbingizga (yordam so'rab) faryod qilganingizda: "Men sizlarga ketma-ket (keluvchi) ming nafar farishta bilan madad beruvchidirman", - deb (duoingizni) ijobat etganini eslang! 10. Alloh (bu yordamni) faqat (sizlarga) xushxabar bo'lishi va dillaringiz taskin topishi uchun qildi. G'alaba faqat Alloh huzuridangina (bo'lur). Alloh, albatta, qudrat va hikmat sohibidir. 11. Uning tarafidan xotirjamlik uchun sizlarni mudroq bostirgani, ustilaringizga osmondan suv (yomg'ir) tushirib, u bilan sizlarni poklash, shaytonning vasvasasini sizlardan daf etish, dillaringizga (o'zaro) aloqa paydo qilish va u bilan qadamlaringizni sobit (mustahkam) qilishni iroda etganini eslang! 12. Rabbingiz farishtalarga vahiy qilib: "Men sizlar bilan birgadirman. Bas, imon keltirganlarni sabotga undangiz! Kufrga ketganlarning dillariga qo'rquv solib qo'yajakman. Bo'yinlar uzra uringiz (qatl etingiz) va ularning har bir barmog'iga (har taraflama) zarba beringiz", - deganimni eslang! 13. Bu shuning uchunki, ular Alloh va Rasuliga muxolif bo'ldilar. Kimki Alloh va Rasuliga muxoliflik qilsa, bas, Alloh jazosi qattiq zotdir. 14. Ana shu sizlarga! Uni totib ko'ringiz! Kofirlar uchun (esa) do'zax azobi muqarrardir. 15. Ey, imon keltirganlar! Kofir bo'lganlar to'dasi bilan to'qnashganingizda, ulardan ortga qarab chekinmangiz! 16. Kimki o'sha kuni ulardan ortga chekinsa - jang ishi bilan chetlagan va biror bo'linmaga qo'shilishga borganlar bundan mustasno - Allohning g'azabi bilan (birga) qaytgan bo'lib, joyi jahannam bo'lur. Qanday ham yomon oqibat bu?!