Alloh (esa) ular keltirgan shirkdan oliy (pok)dir. Izoh: Havvo onamiz farzand ko'rganlarida, Iblis kelib nomini "Abdulhars", ya'ni Dehqonchilik quli, deb qo'yishga undaydi. Havvo xuddi shunday qiladilar. Bu oyatda bu ishni shirk keltirish deb tanqid qilinmoqda. Boshqa tafsirlarda bu kabi shirkiy nom qo'yish Odam Atodan to Muhammad (a. s.) davrilarigacha ham davom etib kelgan. Masalan, Abdu Manof, Abdul-Uzzo, Abduddor va hokazo. Oyatda umumiy holda barcha noto'g'ri nom qo'yuvchilar tanqid etilmoqda, deyiladi. 191. Biror narsani yaratmaydigan, balki o'zlari yaratiluvchi bo'lgan narsani (Allohga) sherik qiladilarmi?! 192. Ular uchun (biror) yordam ko'rsatishga yaramaydilar va o'zlariga ham yordam qilmaydilar. 193. Agar ularni hidoyat sari chorlasangiz, sizlarga ergashmaydilar. Ularni chorlaysizlarmi yoki sizlar jim turuvchimisizlar - sizlar uchun barobardir. Izoh: Gap but-sanamlar haqida ketmoqda. 194. Allohni qo'yib sig'inayotgan (but)laringiz o'zlaringga o'xshash bandalardir. Agar rostgo'y bo'lsangiz, ularga iltijo qilib ko'ringiz - ular sizlarga ijobat qilsin! 195. Ularning oyoqlari bormiki, ular bilan yursalar yo qo'llari bormiki, ular bilan kuch ko'rsatsalar, yoki ko'zlari bormiki, ular bilan ko'rsalar, yoxud quloqlari bormiki, ular bilan eshitsalar?! Ayting: "Shirk (but va sanam)laringizni chaqiringiz va menga muhlat bermasdanoq menga makr qilingiz! 196. Mening egam Kitob nozil qilgan Allohdir. U solih kishilarni do'st tutar. 197. Uni qo'yib sig'inayotgan narsalaringiz sizlarga ham yordam ko'rsatishga yaramaydi, o'zlariga ham yordam bermaydi". 198. Ularni (sanamlarni) hidoyat sari chorlasangiz, eshitmaydilar. Sizga qarab tursalarda, lekin