hirs qo'ydi va (nafs) havosiga ergashdi. Uning misoli go'yo bir itdirki, unga hamla qilsang ham (tilini osiltirib) hansiraydi, o'z holiga qo'ysang ham hansirayveradi. Bu o'sha oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misolidir. Bu qissalarni (ularga) aytib bering, zora tafakkur qilsalar! 177. Oyatlarimizni yolg'onga chiqargan qavm kishilarining misoli qanday ham mudhishdir?! (Ular) o'zlariga zulm qilar edilar. 178. Kimniki Alloh hidoyat qilgan bo'lsa, bas, o'sha (odam) to'g'ri yo'l topuvchidir. Kimni adashtirgan bo'lsa, bas, ana o'shalar ziyon ko'ruvchilardir. 179. Jinlar va insonlarning ko'pchiligini jahannam uchun yaratganmiz. Ularda qalblar bor, (lekin) ular bilan "anglamaydilar". Ularda ko'zlar bor, (lekin) ular bilan "ko'rmaydilar". Ularda quloqlar bor, (lekin) ular bilan "eshitmaydilar". Ular hayvonlar kabidirlar. Balki, ular (yanada) adashganroqdirlar. Ana o'shalar g'ofillardir. 180. Allohning chiroyli ismlari bordir. Uni o'sha (ism)lar bilan atangizlar! Uning ismlarida haqdan og'ib ketuvchilarni qo'yaveringizlar. (Ular) qilmishlariga (yarasha) jazolanurlar. 181. Yaratganlarimiz ichida haq (yo'l)ga hidoyat qiladigan va u (haq) bilan adolat qiladigan ummat (jamoat) ham bordir. 182. Oyatlarimizni yolg'onga chiqarganlarni esa, (ular) bilmaydigan jihatdan "darajali" qilib (o'z holiga vaqtincha qo'yib berib) turamiz. 183. Ularga muhlat beraman. "Makrim" esa qattiqdir. 184. Tafakkur qilmaydilarmi?! Ularning sohibi (Muhammad)da hech qanday majnunlik yo'q. U faqat aniq ogohlantiruvchidir. 185. Osmonlar va Yerning mulku saltanatiga, Alloh yaratgan har (bir) narsa va ajal (muddat)lari