Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
107
og'irlik (tushkunlik) qilur. Sizlarga (u) to'satdan kelib qolur". Sizdan go'yo u haqda vakil (xabardor
bo'lganingiz)dek so'rashadi. Ayting: "Uning ilmi (aniq ma'lumoti) Alloh huzuridadir. Lekin
odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar".
188. Ayting: "Alloh xohlaganidan tashqari o'zim uchun (biror) foyda va zarar (keltirish)ga ega
emasman. Agar g'ayb (ilmi)ni bilsam edi, xayrli ishlarni ko'p qilgan bo'lur edim va menga yomonlik
(ham) yetmagan bo'lur edi. Men faqat imon keltiradigan qavm uchun ogohlantiruvchi va xushxabar
beruvchidirman".
189. U (Alloh) sizlarni bir jondan yaratib, undan uning juftini unga (uylanib) taskin topishi uchun paydo
qilgan zotdir. Unga yaqinlik qilgach, u (Havvo) yengil homilali bo'ldi va u bilan (bir muddat) yurdi.
(Yuki) og'irlashganda, har ikkisi (Odam va Havvo) Rabbilari (bo'lmish) Allohga duo qilib: "Agar bizga
solih (farzand) bersang, albatta, shukr qiluvchilardan bo'lajakmiz" (dedilar).
190. Ikkisiga solih (farzand) ato etgach, ikkisiga bergan narsasida Unga "sherik"larni (nisbat) berdilar.
Dostları ilə paylaş: