egamizsan. Bas, bizlarni mag'firat et (kechir) va bizlarga rahm qil. Sen kechiruvchilarning (eng) yaxshisidirsan. 156. Bizlarga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozgin. Biz Senga qaytdik". (Alloh) dedi: "Azobimni xohlagan kishimga yetkazurman. (Ammo) rahmatim hamma narsadan kengdir. Uni taqvoda bo'luvchilar, zakot beruvchilar va oyatlarimizga imon keltiruvchilarga yozajakman. Izoh: Ya'ni bu dunyoda bizga toatibodat qilishni muvaffaq ayla. Oxiratda esa, bizlarni jannatga doxil et. 157. Ular omiy (savodsiz) elchi - ismi o'zlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan payg'ambarga ergashadilar. U (payg'ambar) ularni yaxshilikka buyuradi, yomonlikdan qaytaradi va pok narsalarni halol qilib, nopok narsalarni ularga harom qiladi hamda ularning yuklarini va ustilaridagi kishan (qiyinchilik)larini olib tashlaydi. Bas, unga imon keltirgan, uni ulug'lagan, unga yordam bergan va u bilan birga nozil qilingan nur (Qur'on)ga ergashganlar, aynan o'shalar tolei yor kishilardir". 158. Ayting (ey, Muhammad!): "Ey, odamlar! Men sizlarning barchangizga (yuborilgan) Allohning rasuli (elchisi)dirman. U (Alloh) osmonlar va Yerning hukmronligi O'z qo'lida bo'lgan zotdirki, undan o'zga (hech bir) iloh yo'q. (U) tiriltiradi va o'ldiradi. Bas, Allohga va Uning rasuli - Allohga va Uning kalimalari (ilohiy kitoblari)ga ishonadigan ummiy payg'ambarga (Muhammadga) imon keltiringiz va unga ergashingiz, toki hidoyat topgaysizlar!" 159. Muso qavmi ichida shunday ummat (guruh) ham borki, (ular odamlarni) haq (so'z) bilan hidoyatga boshlaydilar va u (haq) bilan (hukmlarda) odillik qiladilar. 160. Ularni o'n ikki urug'-ummat qilib bo'lib tashladik* va Musodan qavmi suv talab qilganda, unga: "Asoying bilan toshni urgin!" - deb vahiy qilgan edik, (urgach) undan (toshdan) o'n ikki chashma otilib