turuvchi) aloqalar uziladi. 167. Ergashganlar: "Qani edi bir bor (dunyoga) qaytish mumkin bo'lsa-yu, ular bizdan tonganlaridek, biz ham ulardan tonsak",- deydilar. Shunday qilib, Alloh taolo ularning qilmishlarini o'zlariga hasrat qilib ko'rsatadi. Ular do'zaxdan chiquvchi emaslar. 168. Ey, odamlar, yerdagi halol-pok narsalardan yenglar va shaytonning izlaridan ergashmanglar! Albatta, u sizlarning aniq dushmaningizdir. 169. U sizlarni faqatgina yomonlik va buzuqlikka va Alloh sha'niga bilmagan narsalaringizni gapirishga buyuradi. 170. Ularga (mushriklarga): "Alloh nozil etgan (oyatlar)ga ergashinglar!" - deyilsa, ular: "Yo'q, biz ota- bobolarimizni ne uzra topgan bo'lsak, o'shanga ergashamiz", - deydilar. Ota-bobolari garchi hech narsaga aqllari yetmaydigan va to'g'ri yo'ldan yurmaydigan bo'lsalar-chi?! 171. (Haqiqatan ham) kufr yo'lidagi kimsalar (vahiydan ta'sirlanmaslikda) xuddi hayvonlarga qichqirayotgan kishining ovozidan va hayqirig'idan o'zga narsani eshitmayotgani kabidir. (Ular) kar, soqov va ko'rdirlarki, (gapni) anglamaydilar. Izoh: Hayvonlarga har qancha gapirilsa ham faqat ovozdan boshqa narsani anglamaganlari kabi betavfiq kishilar ham foydali gaplarni tinglab, anglash o'rniga nochorlikdan eshitib qo'ya qoladilar. 172. Ey, imon keltirganlar, Allohgagina ibodat qiluvchi bo'lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yenglar va Unga shukr qilingizlar! 173. U sizlarga o'limtik, qon, cho'chqa go'shti va Allohdan o'zgaga atab so'yilgan narsalarni (qat'iy) harom qildi. Ammo, zulmkor va tajovuzkor bo'lmasdan, zaruratan (tanglik yuzasidan) iste'mol qilsa, uning gunohi yo'qdir. Darhaqiqat, Alloh kechirimli va rahmlidir.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
20
Izoh: Harom qilingan narsalarni zarurat taqozosi bilan jonni saqlab qolgudek miqdorda iste'mol qilishga shariat ruxsat beradi.