(Maryamga) chin odam bo'lib ko'rindi. 18. (Maryam unga): "Men Rahmonga iltijo qilib, sendan panoh berishini so'rayman. Agar (Allohdan) qo'rquvchi bo'lsang (menga ziyon yetkazmagin)", - dedi. 19. (Jabroil) aytdi: "(Qo'rqmagin), men faqat senga bir pokiza o'g'il hadya qilish uchun (kelgan) Parvordigoring elchisidirman, xolos". 20. (Maryam) dedi: "Menga odamzot "tegmagan" bo'lsa, buzuq ayol ham bo'lmasam, menga qayoqdan farzand bo'lsin?!" 21. (Jabroil) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. Biz u (bolani) odamlar uchun mo''jiza va O'z tomonimizdan bo'lgan rahmat (manbai) qilurmiz. Bu bitgan ishdir". 22. Bas, (Maryam) unga homilador bo'lib, u bilan birga yiroq bir joyga ketdi. 23. Bas, to'lg'oq dardi uni bir xurmo daraxti tubiga olib bordi va u dedi: "Qani edi, mana shu (kun)dan oldin o'lib, butunlay unutilib ketgan bo'lsam". 24. Shunda (xurmo daraxtining) ostidan (Jabroil) nido qildi: "G'amgin bo'lma, Rabbing (oyoq) ostingdan bir ariq oqizib qo'ydi. 25. (Mana shu qurib qolgan) xurmo shoxini silkitgin, u senga yangi xurmo mevalarini to'kar. 26. Endi, yeb-ichgin va shod bo'lgin. Bas, agar odamzotdan birortasini ko'rib qolsang (va u savol so'rasa) u holda: "Men Rahmon (roziligi) uchun ro'za tutishni nazr (ahd) qilganman, bas, bugun biror insonga so'zlamayman", degin! 27. So'ng (Maryam bolasini) ko'targan holda qavmiga kelganida ular: "Ey, Maryam! Sen qiziq ish qilibsan-ku! 28. Ey, Horunning singlisi, sening otang yomon odam emas, onang ham fohisha emas ediku!" - dedilar. 29. Shunda (Maryam o'zi gapirmay, bolasiga) ishora qildi. Ular aytdilar: "Beshikdagi go'dak bilan