9. (Alloh) aytdi: "Shunday. Rabbing ayturki, bu (ish) Menga osondir. (Axir) Men seni ilgari hech narsa bo'lmagan paytingda (ham) yaratgan edim-ku!" 10. "Ey, Rabbim! Men uchun (kampirim homilali bo'lganiga) biror belgi qilsang", - dedi u (Zakariyo). (Alloh) aytdi: "Senga belgi shuki, sog' bo'la turib, uch kecha (va kunduz)gacha odamlarga gapirmaysan". 11. Bas, (Zakariyo) mehrobdan qavmining oldiga chiqib, ularga ertayu kech (Allohga) tasbeh aytishni ishora qildi. Izoh: Zakariyo vahiy bilan bildiki, tug'mas xotini homilador bo'lar ekan. Buning alomati esa payg'ambarning tili Tavrot o'qish, tasbeh aytishdan boshqasiga aylanmay qolar ekan. Shunday bo'ldi ham. Odamlar bilan faqat imo-ishora orqali gaplashib turdilar. Yahyo (a. s.) tug'ildilar. Unga Haq taolo go'daklik chog'idayoq vahiy yuborib, ilmu hikmat sohibiga aylantirdi. 12. (Biz unga): "Ey, Yahyo! Kitobni (ya'ni, Tavrotni) mahkam tutgin!" - (dedik) va unga go'daklik chog'idayoq hikmat (va ilm) ato etdik. 13. Yana unga O'z dargohimizdan mehr hamda poklik (ato etdik) va u taqvoli bo'ldi. 14. U ota-onasiga mehribon bo'lib, jabr qiluvchi, quloqsiz bo'lmadi.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
197
15. Unga tug'ilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan (qiyomat) kunida ham salom (omonlik) bo'lur. 16. (Ey, Muhammad,) ushbu Kitobda (Qur'onda) Maryamni yod eting! U o'z oilasidan chetga, sharq tomonga bordi. 17. Ulardan pardaga berkinib olgan paytida, Biz unga ruhimiz (ya'ni, Jabroil)ni yubordik. Bas, u