41. (Ey, Muhammad,) Kitobda Ibrohim (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u juda sadoqatli payg'ambar edi. 42. Qaysiki, u otasiga: "Ey, ota! Nega sen eshitmaydigan, ko'rmaydigan va senga biror foyda yetkaza olmaydigan narsaga ibodat qilursan? 43. Ey, ota! Darhaqiqat, senga kelmagan ilm menga keldi. Bas, menga ergashgin, seni to'g'ri yo'lga hidoyat qilurman. 44. Ey, ota! Shaytonga ibodat qilmagin! Chunki shayton Rahmonga itoatsiz bo'lgan. 45. Ey, ota! Haqiqatan, men senga Rahmon (tomoni)dan azob yetib, (do'zaxda) shaytonga yaqin bo'lib qolishingdan qo'rqaman", - dedi. 46. (Otasi) aytdi: "Sen mening ilohlarimdan yuz o'giruvchimisan, ey, Ibrohim?! Qasamki, agar sen (bu ishingdan) qaytmasang, albatta, seni toshbo'ron qilurman va (yoki) meni bir zamon tark et!" 47. (Ibrohim): "Omon bo'l! Endi Rabbimdan senga kechirim so'rayman. Zero, U menga mehribon zotdir. 48. Men sizlardan ham, Allohni qo'yib iltijo qilayotgan (but)laringizdan ham chetlanurman va (yolg'iz) Rabbimga iltijo qilurman. Rabbimga iltijo qilish bilan baxtsiz bo'lib qolmasman, degan umiddaman". 49. Bas, (Ibrohim) ulardan va Allohni qo'yib sig'inayotgan butlaridan chetlangach, (Biz) unga (farzand va nabira) Ishoq va Ya'qubni berdik va barchalarini payg'ambar qildik. 50. Shuningdek, ularga O'z rahmatimizdan in'om etdik va ular uchun oliy rostgo'ylikni yaratdik.
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
199
51. (Ey, Muhammad,) (ushbu) Kitobda Muso (qissasini) yod eting! Darhaqiqat, u tanlab olingan elchi -