Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Imon keltirgan, (vatanlaridan) hijrat qilgan va Alloh (toati) yo'lida jiddu jahd qilgan kishilar -



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

218. Imon keltirgan, (vatanlaridan) hijrat qilgan va Alloh (toati) yo'lida jiddu jahd qilgan kishilar - 
aynan o'shalar Allohning rahmatidan umid qilurlar. Alloh (esa) kechiruvchi va rahmlidir.
 
219. Sizdan may (mast qiluvchi ichimlik) va qimor haqida so'raydilar. Ayting: "U ikkisida katta gunoh 
va odamlar uchun (ba'zi) foydalar bor. Ikkisining gunohi foydasidan kattaroqdir". Sizdan yana 
nimalarni ehson qilish to'g'risida so'raydilar. (O'zingizdan) ortganini, deb javob bering. Shunday qilib, 
Alloh sizlarga o'z oyatlarini bayon etadi, shoyad fikr yuritsangizlar 
Izoh: Aroqning man etilishi birdaniga bir oyat bilan hal qilinmagan, balki to'rt bosqich bilan taqiqlangan. 
Birinchi bosqich Nahl surasining 67-oyatida xurmo va uzumdan olinadigan mast qiluvchi ichimliklarning 
halolligi haqida Makkada nozil qilingan. So'ngra Umar ibn Xattob (r. a. ) va ba'zi boshqa sahobalar araq aql 
va boylikni ketkazuvchi ofat ekanidan Payg'ambar (a. s.)ga shikoyat qilganlaridan keyin Baqara surasining 
mazkur oyati vahiy qilingan. Uchinchi bosqich – Abdurahmon ibn Avf mast holda imomlik qilganlarida, oyatni 
qo'pol ravishda buzib qiroat qilgan. Shundan keyin Niso surasining 43-oyatida mast holatda namozga 
yaqinlashmaslik buyurildi. To'rtinchi oxirgi bosqich - Atbon ibn Molik degan sahoba uyida mehmondorchilikda 
mast bo'lib qolgan mehmonlar o'zaro urishib, janjallashib qolganlar. Shundan keyin Umar ibn Xattob (r. a. ) 
Allohga iltijo bilan: "Ey, xudoyim, araq to'g'risida qoniqarli bir hukm nozil et!" - deb duo qilganlaridan keyin 
Moida surasining 90-oyatida araq ichish qat'iy man etildi. Izoh(a): O'z ehtiyojidan ortgan boylikni ehson qilib 
yuborish ko'pchilikka qiyin ekanligini e'tiborga olib, Alloh taolo zakot oyatini nozil qildi. Shundan keyin bu 
oyat hukmi bekor bo'lib, boy odamlargina nisobga yetgan boyligining qirqdan bir qismini zakotga berishlari 
joriy etildi.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin