Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


(Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o'zib-o'zib ketgan zotlardir



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə627/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   623   624   625   626   627   628   629   630   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

10. (Uchinchi toifa ezgu ishlarda) o'zib-o'zib ketgan zotlardir.
 
11. Aynan o'shalar (Allohga) yaqin zotlardir 
 
12. noz-ne'mat bog'larida
 
13. (O'zib ketganlar) avvalgi (ummat)lardan ko'pchilik,
 
14. keyingilar (Muhammad ummatlari)dan esa ozchilikdir.
 
15. (Ular oltindan) yasalgan so'rilarda, 
 
16. yastangan hollarida bir-birlariga ro'baro' bo'lib (o'ltirurlar).  
17. Ustilarida esa mangu yosh bolalar aylanib yururlar
 
18. oqar chashmadan olinmish (mayli) qadahlar, ko'zalar va kosalar bilan.
 
19. U (may)lardan ularning boshlari ham oqrimas, mast ham bo'lmaslar.
 
20. Yana o'zlari tanlab oladigan meva bilan,


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
375
 
21. ishtahalari tortgan qush go'shtlari bilan ham (aylanib tururlar).
 
22. Yana (ular uchun) ko'zlari keng va tiniq hurlar ham bo'lurki,
 
23. ular xuddi yopiq marvarid misolidirlar.
 
24. (Bu) ular (dunyoda) qilib o'tgan amallarining mukofotidir.
 
25. Ular u joyda behuda va gunoh (so'z)ni eshitmaslar, 
 
26. faqat "Salom-salom" so'zinigina (eshiturlar).
 
27. O'ng tomon egalari - o'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!
 
28. (Ular) tikansiz butazorlarda,
 
29. tizilgan bananzorlarda,
 
30. yoyiq soya (osti)da,
 
31. oqizib qo'yilgan suv (bo'yi)da,
 
32. ko'plab meva (uzra)ki,

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   623   624   625   626   627   628   629   630   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin