Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!



Yüklə 1,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə626/743
tarix26.03.2023
ölçüsü1,61 Mb.
#90069
1   ...   622   623   624   625   626   627   628   629   ...   743
Qur\'oni karim ma\'nolari tarjimasi. Abdulaziz Mansur

71. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
 
72. (Ular) chodirlarda asraluvchi hurlardir.
 
73. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
 
74. Ularga ilgari na ins va na jin tekkandir.
 
75. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
 
76. (Jannat ahli) yashil yostiqlar va go'zal gilamlar uzra yastangan hollarida (o'ltirurlar).
 
77. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 
 
78. Ulug'lik va ikrom sohibi bo'lmish Rabbingizning ismi barakotlidir.
 
 
 


Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
374
VOQEA SURASI 
Voqea - qiyomat nomlaridan biri.
Surada qiyomat qoyim bo'lganda ro'y beradigan mudhish hodisalar bayonidan boshlanib, oxiratda bandalarning 
oladigan mukofotlari, jannat ne'matlari, do'zax ahlining azob-uqubatlari tafsiloti bilan davom etadi.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).  
1. Qachonki, Qiyomat voqe (qoyim) bo'lganda -
 
2. uning voqe bo'lishining yolg'oni yo'qdir -
 
3. (u odamlarni) ostin-ustun etuvchidir.
 
4. Yer larzaga kelgan,
 
5. tog'lar titilib (to'zib), 
 
6. to'zonga aylangan (bo'lur).
 
7. Sizlar esa uch toifa bo'lursizlar.
 
8. Bas, (u uchning birinchisi) o'ng tomon egalaridir. O'ng tomon egalari (bo'lmoq) ne (saodat)dir!
 
9. (Ikkinchi toifa) chap tomon egalaridir. Chap tomon egalari (bo'lmoq) ne (baxtsizlik)dir! 
Izoh: Qiyomat kuni bu dunyoda qilgan yaxshi-yomon amallari yozilgan nomai a'mollari qaysi tarafidan 
berilishiga qarab taqdiri ma'lum bo'ladi Kitobi o'ng tomondan berilsa, bu uning baxtli ekaniga dalolat. Agar 
chap tomonidan yoki orqa tomonidan berilsa, uning baxtsiz ekanligiga ishoratdir.  

Yüklə 1,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   622   623   624   625   626   627   628   629   ...   743




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin