54. (Ahli jannat) astarlari shoyidan bo'lgan ko'rpachalar uzra yastangan hollarida (o'tirurlar). U ikki jannat mevasi yaqindir. 55. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 56. U (jannat)larda shunday ko'zlarini (begona erkaklardan) tiyuvchi (qiz)lar borki, ularga ilgari na ins va na jin tekkandir. 57. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 58. Ular (ning badanlari) go'yoki yoqut va marjondirlar. 59. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 60. Ehson (ezgulik)ning mukofoti faqat ehson (ezgulik)dir. 61. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 62. U ikkisidan quyiroqda yana ikki bog'l bordir. 63. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 64. Ikkisi (sersuv va sersoyalikdan) to'q yashildirlar. 65. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?!
Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com кутубхонаси
373
66. U ikkisida (suvi) tinmay otilib turuvchi ikki chashma bordir. 67. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 68. U ikkisida meva, xurmo va anorlar bordir. 69. Bas, (ey, ins va jinlar,) Rabbingizning qaysi ne'matlarini inkor etasizlar?! 70. U (jannat)larda xushxulq va husndor (ayol)lar bordir.